Torino – Milan. El-Shaaravi o'yinni o'tkazib yuboradi

Narzulla Saydullayev
14 sen 2013, 08:29
Milan hujumchisi Stefan El-Shaaravi Italiya A seriyasining navbatdagi turi doirasida Torinoga qarshi maydonga tusha olmaydi.
20 yoshli Italiya terma jamoasi hujumchisi mashg'ulotlardan birida jarohat oldi. Yaqin orada rossonerilar tibbiy xizmati futbolchini tekshirib ko'rishadi, shundan so'ng uning qachon safga qaytishi ma'lum bo'ladi.

El-Shaaravi keyingi hafta boshida bo'lib o'tadigan YCHL doirasidagi Seltikka qarshi o'yinni ham o'tkazib yuboradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru