"Torino" "Liverpul" taklifiga yo'q dedi

Omonjon To`xtamirzayev
27 mar 2021
"Torino" himoyachi Uilfrid Singo transferi uchun "Liverpul" taklif qilgan 20 mln. evroni rad qildi, deb xabar beradi Tuttosport.

Manbaaning xabariga ko'ra, italiyaliklar 20 yoshli ivuarlik himoyachini 20 million evroga sotishni istamagan. Futbolchining o'zi esa "Milan"ga ko'chib o'tishni xohlayapti.

2020/21-yilgi mavsumda Singo "Torino" safida 23 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta samarali uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi. Transfermarkt.com portali futbolchi transferini 6 million evroga baholamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport-express.ru