Top ligalardan klub topa olmagan Lukman Turkiyaga yo'l olishi mumkin

Administrator
2 sen 2025, 20:33
Hujumchi "Atalanta"ni tark etishni xohlamoqda.

"Fenerbaxche" Ademola Lukmanga 4 yillik shartnoma uchun 24 million evrodan ortiq maosh taklif etdi.

"Atalanta" hujumchisi klubdan ketishni istagan bo'lsa-da, Yevropaning top-5 ligalarida transfer oynasi yopilgunga qadar o'ziga jamoa topa olmadi.

Jurnalist Oracio Akkomandoning ma'lumotlariga ko'ra, "Fenerbaxche" nigeriyalik futbolchiga yillik 6 million evro maosh va qo'shimcha bonuslar bilan 4 yillik shartnoma taklif qilgan.

Turk klubi hozircha na Lukman, na "Atalanta" bilan kelishuvga erisha olmagan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: x.com/OAccomando91