Toni Pulis: "Vaqt o'tib Moyesda hammasi yaxshi bo'lib ketadi"

21 fev 2014, 01:18
"Kristal Pelas" bosh murabbiyi Toni Pulis "Manchester Yunayted" ustozi Devid Moyes tarafani olib, intervyu berdi.

"O'ylashimcha, vaqt o'tib Moyesda hammasi o'xshaydi, chunki u yaxshi murabbiy. Umid qilamanki, u hammasini izga solib ulguradi. Axir "MYU"dek klubda mag'lubiyatlarga ko'p ham chidab o'tiraverishmaydi.

Ushbu mavsum hatto boy berilgan o'yinlarda ham "Qizil iblislar" yomon o'ynamadi. Ayrim holatlarda shunchaki omad yetishmadi. Fergyusonda ham bazan inqorozlar bo'lib turgan, biroq shunga qarmay "MYU" doimo g'alabalarga erishavergan. Hozir bo'lsa, vaziyat sal boshqacharoq", dedi Pulis.

Manba: football.kulichki.ru