Toni Kroos: "MYU 10 kishi bo'lib himoyaga yotib oldi"

2 apr 2014, 03:10
"Bavariya" yarim himoyachisi Toni Kroos "Manchester Yunayted" bilan bo'lgan o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Og'ir o'yin bo'ldi. "Manchester Yunayted" 10 kishi bo'lib himoyaga yotib oldi va omadini qarshi hujumda izladi. Biz butun o'yin mobaynida  katta ustunlikka erishdik. "Manchester Yunayted" ham kurashdi. Bu yomon natija emas. Biz haqli ravishda raqib darvozasiga to'p kiritdik. Keyingi bosqichga chiqish uchun bizda barcha imkoniyatlar bor.


Manba: sports.ru