Toni Kroos faoliyatini yakunlash haqidagi savolga javob berdi

Narzulla Saydullayev
25 mar 2024, 09:40
Real va Germaniya terma jamoasi a'zosi Toni Kroos o'z kelajagi borasidagi savolga javob berdi.

Mening kelajagim? Taxminan 2-3 oydan so'ng yakuniy qarorga kelaman, - dedi Kroos Fabricio Romanoga.

Bu mavsum Kroos Real safida 38 ta o'yinda maydonga tushib 1 ta gol urdi hamda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi shu yil iyun oyida yakuniga etadi. Transfermarkt portaliga ko'ra Krossning transfer narxi 14 million evroga teng.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano