Tonali "Milan"ga o'tishga yaqin

Mirjalol Normatov
29 avg 2020
"Breshiya" forvardi Sandro Tonali "Milan"ga o'tishga yaqin turibdi.

"Football Italia" xabariga ko'ra, "rossoneri"lar "yangi Pirlo" uchun poygada "Inter"dan o'zib ketmoqda. "Milan" 25 mln evro evaziga sotib olish sharti evaziga futbolchini ijaraga oladi. Ijara esa 10 mln evroga baholangan.

Tonalining xizmatlariga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirdi. Biroq Tonali Italiyani tark etishni istamadi.

Ushbu mavsumda Tonali 36 o'yinda qatnashdi va 1 gol hamda 7 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia