"Milan" Tonali borasida bir qarorga keldi

Mirjalol Normatov
28 mar 2021
"Milan" rahbariyati yarim himoyachi Sandro Tonalini "Breshiya"dan sotib olmoqchi.

"Calciomercato" nashrining xabariga ko'ra, 20 yoshli futbolchi "Milan"ga 15 mln evroga tushadi. Shuningdek, 10 mln evro bonuslar tarzida taqdim qilinadi.

"Milan" sentyabr oyida Tonalini ijaraga olgandi. Ushbu mavsumda u 33 o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato