Balotelli faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi aniq

Eldor Akmurzayev
7 dek 2020
“Breshiya”ni tark etganidan so'ng, klubsiz qolgan Mario Balotelli faoliyatini B Seriyada davom ettiradi.

U hozirda “Monca”da tibbiy ko'rikdan o'tmoqda. Mario yangi jamoasida “Milan”dagi sobiq sherigi Kevin-Prins Boateng bilan birga o'ynaydi.

Balotelli o'tgan mavsum Italiya chempionatida 19 o'yinda (16 tasi asosiy tarkibda) maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 9 bor ogohlantirilib, bir marta qizil kartochka olgan edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia