Tonali APLning top klubiga o'tishi mumkin

Alisher Ostonov
3 yanv 2026
"Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonali yanvar oyida klubini o'zgartirishi mumkin.

Jurnalist Stiven Bantingning ma'lum qilishicha, 25 yoshli italiyalik futbolchining xizmatlariga "Liverpul"dan katta qiziqish bor. Mersisaydliklarning fikricha, 40 million evro atrofidagi takliflar kelishuvni amalga oshirish uchun etarli bo'lishi mumkin. Futbolchini "Yuventus" ham kuzatib bormoqda.

Joriy mavsumda Tonali barcha turnirlarni qo'shib hisoblaganda 25 ta o'yinda maydonga tushdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tonalining "Nyukasl" bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt futbolchining narxini 75 million evroga baholamoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: euro-football.ru