Tomas Vermalen: Yanvar oyida Arsenaldan ketishim mumkin

Narzulla Saydullayev
15 okt 2013, 15:16
Arsenal himoyachisi Tomas Vermalen London klubidan ketishi mumkinligi aytib o'tdi.
Men klubdagi holatim haqida qulay fursat bo'lishi bilan o'ylab ko'raman. Yanvarga qadar oz qolmoqda. Albatta Jahon chempionatiga o'yin amaliyotisiz borish ideal variant emas.

O'yin amaliyoti kamligidan dod solayotganim yo'q. Ammo yanvar oyida murabbiy bilan uzoq suhbat bo'lib o'tishi aniq, - deydi Vermalen.

Belgiya terma jamoasi himoyachisi Arsenal safida bu mavsum atiga ikkita o'yinda maydonga tushdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru