Tomas Tuxel: "Keyn bizni 4 hafta mashg'ulot qilmagan bo'lsa kerak deb o'ylayotgandir"

Mirjalol Normatov
13 avg 2023, 13:29
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Germaniya Superkubogida "Leyptsig"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

"O'tkazib yuborilgan gollarni tushuntirib berishim juda qiyin. Juda oddiy gollar qo'yib yubordik. Huddi 4 hafta hech nima qilmagandekmiz.

Ko'rsatgan o'yinimiz o'tgan davr mobaynida qilgan mashg'ulotlarimiz, uning ko'rinishi, atmosferasiga umuman to'g'ri kelmaydi. Bu meni g'azablantirmoqda.

Keyn uchun afsusdaman. U bizni 4 hafta mashg'ulot qilmagan bo'lsa kerak deb o'ylayotgandir. Biz ko'rsatmoqchi bo'lgan narsalarimiz bilan o'yinimiz umuman to'g'ri kelmayapti. Muxlislardan uzr so'rayman", - dedi "Bavariya" bosh murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bayern & Germany