
"Biz hammamiz Pep klub bilan yangi kelishuvga erishishini istaymiz. O'ylaymizki, Gvardiola shartnomasini uzaytiradi. Amaldagi shartnoma 2016 yilgacha mo'ljallangan. Shu bois bu masalada shoshilish shart emas. Kelajakda nima bo'lishini ko'ramiz. Shartnomani uzaytirish oson bo'lmaydi. "Bavariya"da bosh murabbiy bo'lish yoqimli, ammo bu juda qiyin ish. Chunki bu yerda har doim yuqori bosim ostida qolasan", - deydi Tomas Myuller.