Tomas Dileyni: Xorvatiya yarim himoyasida yulduzlar yig'ilgan, ammo ularning ham zaif tomonlari bor

30 iyun 2018, 09:25
Daniya terma jamoasi a'zosi JCH-2018ning 1/8 finalida Xorvatiyaga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Xorvatiya terma jamoasi meni hayron qoldirdi. Agar ularning yarim himoyasiga nazar solsangiz, u yerda jahon futboli yulduzlari yig'ilganini ko'rasiz. Ammo ularda ham zaif tomonlar bor, biz esa ulardan foydalanamiz. Agar Eriksenni “Barselona”ga yuborsangiz, u o'sha yerda ham porlaydi. Kristian jamoaning uchquni bo'lishi uchun biz ham xuddi Fransiyaga qarshi o'ynagandek to'p surishimiz lozim. Biz allaqachon raqibga qarshi qanday o'ynash haqida bir qarorga keldik. Raqib maydonda imkoniyat hosil qila olmasligi uchun biroz ehtiyotkor o'yin ko'rsatamiz”,-dedi Dileyni.

O'xshash yangiliklar


Manba: FIFA