Tojikiston yoshlar terma jamoasi ustozi: "O'zbekiston Osiyoda ikkinchi o'rinda turadi"

Narzulla Saydullayev
28 yanv 2017, 17:47
O'zbekiston va Tojikiston yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi o'yindan keyin mehmonlar ustozi Payrav Vohidov o'z fikrlarini bildirdi.

“O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga qarshi juda ham qiyin uchrashuvni o'tkazdik. Kechagi o'yinga qaraganda bugingi bahs menga ko'proq yoqdi. Shunday bo'lsada bundan o'yindan qoniqish xosil qilmadim. Qanday qilib mag'lubiyatga uchrab turib o'yindan qoniqish xosil qilishim mumkin.

O'zbekiston terma jamoasi Osiyoda ikkinchi o'rinda turadi. Juda ham kuchli terma jamoa hisoblanadi. Osiyo chempionatida favoritlardan biri hisoblanadi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikdagi navbatdagi bosqichimiz bo'ldi. Bundan tashqari yana bir qator jamoalar bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazamiz va musobaqagacha optimal formamizga kirib olamiz”, - deydi Tojikiston yoshlar terma jamoasi ustozi Payrav Vohidov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia