Tojikiston U-23 jamoasi bosh murabbiyi: "Birinchi o'yindagi 5:0 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin jamoaning o'ziga kelishi qiyin bo'ldi"

Administrator
10 iyun 2022, 00:20
Kecha U-23 Osiyo chempionatining 3-tur bahslari yakuniga etdi va unda Yaponiya U-23 Tojikiston U-23 ustidan yirik 3:0 hisobida g'alabaga erishdi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida Tojikiston U-23 jamoasi bosh murabbiyi Asliddin Habibulloev ishtirok etdi.

-O'yin haqida fikrlaringiz...

-Avvalambor Yaponiya jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Biz raqib kuchli ekanligini bilar edik. Futbolchilarimizda o'zlarini ko'rsatishga hali imkoniyat bo'ladi.

-Jamoangiz 3 ta o'yinda 10 ta gol o'tqazib yubordi va bitta ham gol ura olmadi. Jamoangiz bu musobaqaga qanchalik tayyor edi deb o'ylaysiz?

-Saralash bahslarida ishtirok etgan asosiy futbolchilarimiz hozirda milliy jamoa bilan birga. Shuning uchun bizda o'yinchilarni o'rnini to'ldirish bilan muammo bo'ldi. Hozirgi tarkibimizdagi futbolchilar Tojikistonda o'z tengqurlari ichida eng zo'rlari hisoblanadi.

-Jamoa uchun yomon yakunlangan bu musobaqadan keyin ham siz jamoa murabbiyi bo'lib ishlashda davom etasizmi?

-Bu turnir biz uchun yakuniga etdi. Endi men o'z klubim haqida bosh qotiraman. Shu hafta yakunlangandan keyin terma jamoa murabbiyligida qolish qolmasligimni o'ylab ko'raman.

- Sizning jamoangiz bu turnirda "o'lim guruhida" harakat qildi va siz bu guruhda 3 ta o'yin o'tkazdingiz. Qaysi jamoa bilan o'yinda sizga qiyinroq bo'ldi?

-Bu asosiy tarkib bilan hamma o'yin biz uchun qiyin bo'ldi. Birinchi o'yindagi 5:0 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin jamoani o'ziga kelishi qiyin bo'ldi. Shuning uchun ham, qolgan o'yinlarda mag'lub bo'ldik.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia