"Mixed zone". Sharafjon Solihov: "Tojikiston uchun bu musobaqa katta tajriba bo'ldi"

Iskandarov Abdulaziz
10 iyun 2022, 14:36
Tojikiston U-23 terma jamoasi U-23 Osiyo kubogidagi ishtirokini yakunladi.

Uchinchi turda Yaponiya U-23 jamoasiga qarshi maydonga chiqqan qo'shnilarimiz 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan so'ng Tojikiston U-23 futbolchisi Sharafjon Solihov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 


"Musobaqa tashkiliy tomondan yaxshi o'tdi. Biz qiyin guruhga tushgan edik. Qo'limizdan kelgancha raqiblarga qarshilik ko'rsatishga harakat qildik, deya olaman. Garchi o'yinlarda mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, o'zimiz uchun katta tajriba orttirdik. Kuchli raqiblar bilan o'yinlardagina xatolarimizni ko'rib olamiz. Turnir shu tomonlama foydali bo'ldi",- deydi Sharafjon Solihov. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia