Tojikiston terma jamoasi ustozi: Hozirda Tojikiston terma jamoasi Saudiya Arabistonidan unchalik past darajada emasligini ko'rsatib qo'ydik

Khoja
23 mar 2024, 08:47
Tojikiston terma jamoasi ustozi Gela Shekiladze Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

Mag'lub bo'lganimiz yomon natija. Biroq biz kuchli raqibga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatdik. Hozirda Tojikiston terma jamoasi Saudiya Arabistonidan unchalik past darajada emasligini ko'rsatib qo'ydik. Tojikistonda ko'plab yaxshi va iqtidorli futbolchilar bor. 

Uchrashuvda bor kuchini bergan futbolchilarga rahmat aytaman. Biz oxirgacha kurashdik, biroq ozgina omad yetishmadi. Shuningdek, ushbu uchrashuvda bizni qo'llab turish uchun Tojikistondan kelgan muxlislarga ham rahmat aytaman dedi, - dedi Tojikiston terma jamoasi ustozi.

Eslatib o'tamiz, JCH-2026 saralash bosqichi 3-turidan o'rin olgan Saudiya Arabistoni - Tojikiston uchrashuvi mezbonlarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangandi. azkur g'alabadan so'ng saudiyaliklar ochkolari sonini 9 taga etkazib oldi. Tojikistonda esa 4 ochko mavjud.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: https://t.me/fft_official