Tojikiston – Rossiya uchrashuvini o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi

Sherzod Nurmatov
1 noya 2022, 13:28
Tojikiston futbol federatsiyasi taklifiga binoan Tojikiston va Rossiya o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar ishlashadi.

Uchrashuv bosh hakami OFK hakamlarining elit toifasiga kiritilgan o'zbekistonlik 38 yoshli FIFA referisi Ilgiz Tantashev bo'ladi. Unga qanotlarda – FIFA referisi assistentlari 40 yoshli Timur Gaynullin va 35 yoshli Andrey Sapenko yordam beradi.

Tojikiston – Rossiya o'rtoqlik o'yini 17 noyabr kuni Dushanbedagi Respublika Markaziy stadionida bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.

O'rtoqlik o'yini

17 noyabr (payshanba)

Tojikiston – Rossiya

Dushanbe. Respublika Markaziy stadioni. 20:00

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (O'zbekiston)

Yordamchi hakamlar: Timur Gaynullin, Andrey Sapenko (ikkisi – O'zbekiston)

Eslatib o'tamiz, Srechko Katanets qo'l ostidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi ham 20 noyabr kuni Rossiya bilan o'rtoqlik bahsida ro'baro' kelishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia