Tojikiston - Qirg'iziston. O'yinni o'zbekistonlik hakam boshqaradi

Narzulla Saydullayev
23 mar 2016, 15:02
29 mart kuni JCH-2018 saralashi doirasida Markaziy Osiyo derbisi bo'lib o'tadi.

Tojikiston terma jamoasi o'z maydonida Qirg'iziston bilan bellashadi. Ushbu uchrashuvni o'zbekistonlik FIFA hakami Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Unga qanotlarda hamyurtlari Ruslan Serazetdinov va Andrey Sapenko yordam berishadi. Zaxira hakami turkmanistonlik Alibek Sapaev.


Tojikiston - Qirg'iziston
29 mart 2016 yil. Dushanbe. "Markaziy" stadioni.
Bosh hakam:
Aziz Asimov (O'zbekiston)
Qanot hakamlari: Ruslan Serazetdinov va Andrey Sapenko (ikkisi O'zbekiston)
Zaxira hakami: Alibek Sapaev (Turkmaniston)


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif