Tojikiston o'rtoqlik o'yinida Iordaniyani mag'lub etdi

Mirjalol Normatov
5 fev 2021, 23:10
Tojikiston termasi bugun Iordaniya termasiga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Dubayda kechgan bahs taqdirini yagona gol hal qildi. 79-daqiqada Alisher Jalilov tomonidan urilgan gol tojikistonliklarga g'alaba keltirdi.

1 fevral kuni bu jamoalar o'rtasidagi birinchi o'yinda Iordaniya 2:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Ma'lumot uchun, Iordaniya terma jamoasi 15 fevral kuni O'zbekiston terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

O'rtoqlik uchrashuvi

Iordaniya – Tojikiston – 0:1

Gol: Alisher Jalilov, 79.

Iordaniya: al-Fakxuri, al-Ajalin, al-Avadat, al-Naymat, al-Rusan, Jalbush, Xayrallah, Xattab, Olvan, Sodiq, Shalbei.

Tojikiston: Rustam Yatimov, Vaxdat Xanonov, Davronjon Ergashev, Axtam Nazarov (Tabrezi Davlatmir, 46), Iskandar Jalilov, Amirbek Jo'raboev, Jaxongir Ergashev (Islom Zoirov, 46), Exsoni Panjshanbe, Alisher Jalilov, Ilxomjon Barotov (Muxammadjon Raximov, 76), Manuchexr Jalilov (Rustam Soirov, 70, Abdulmo'min Zabirov, 90+3).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia