Tojikiston MTJ Usmon Toshev boshchiligida yig'in o'tkazmoqda

Xayrulla Xoliqov
8 dek 2018
Tojikiston milliy terma jamoasi shu kunlarda Dohada mashg'ulot olib boryapti.

Bu jamoa Osiyo Kubogida ishtirok etmaydi, shunga qaramay kelajakni o'ylab xorijda yig'in tashkil etishni maqul ko'rdi. Yaqinda Tojikiston olimpiya terma jamoasini hamyurtimiz Usmon Toshev qabul qilib olgani haqida xabar bergandik.

Ma'lum bo'lishicha, Usmon Qudratovich milliy terma jamoani ham boshqaryapti. Chunki tojikiklar aynan Toshev qo'l ostida mashg'ulot o'tkazishmoqda. Yon qo'shnilarimiz ertaga Yaman bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishlari lozim edi, biroq Yaman terma jamoasi Dohaga yetib kelmagani sababli uchrashuv bekor qilindi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: Тожикистон ФФ