"Tojik ertagi" tugadi. Xanonovning avtogoli Iordaniyani yarim finalga olib chiqdi

Khoja
2 fev 2024
Osiyo kubogining chorak final bahsidan o'rin olgan Tojikiston - Iordaniya o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Tojikiston - Iordaniya 0:1
Gol: 66 - Vahdat Xanonov (avtogol)

2 fevral 2024 yil. "Ahmad bin Ali" stadioni. 16:30 (Toshkent vaqti)

Hakamlar: Fu Ming, Zou Fey, Zang Cheng (uchalasi Xitoy), Araki Yusuke (Yaponiya)

VAR: Iida Jumpey (Yaponiya)

AVAR: Sivakorn Pu Udom (Tailand)

Nazoratchi: Abdulrahmon Muhammad Hussayin (Qatar).

Tojikiston: 1. Rustam Yatimov, 2. Manuchexr Safarov, 6. Vahdat Xanonov, 2. Zoir Jo'raboev, 19. Axtam Nazarov, 17. Ehsone Panshanbe, 7. Parvizxon Umarbaev, 14. Alisher Shukurov, 10. Alisher Jalilov (Nuriddin Xamrokulov, 77), 15. Shervoni Mabatshoev, 22. Shahram Samiev (Rustam Soirov, 28 (Alijon Ayni, 82))

Iordaniya: 1.Yazid Abulayla, 3.Abdallah Nasib, 5.Yazan Al Arab, 8. Nur Al (Moxammad Xashish, 81), 9.Ali Olvan, 10.Musa Al Tamari, 11.Yazan Al Naymat, 13.Mahmud Al Mardi (Ibragim Sami, 81), 14.Rojai Ayed, 17.Salim Al Ajalin, 23.Ehson Haddad (s).
Ogohlantirish: 69 - Salim Al Ajalin, 72 - Rojai Ayed, 80 - Alisher Shukurov, 84 - Ali Olvan


YANGILASH



UCHRASHUV YAKUNLANDI. Tojikiston terma jamoasi ilk Osiyo kubogida chorak finalga yetib keldi va turnirni tark etdi. Iordaniya esa tarixida ilk bor yarim finalga yo'l olmoqda. Har ikki jamoa uchun tarixiy natija 

Hakam ikkinchi bo'limga etti daqiqa qo'shib berdi

88. Tojikistonda yaxshi imkoniyat bo'ldi, biroq uzatilgan to'pga hech kim yetib kela olmadi

84. Ogohlantirish: Ali Olvan ogohlantirildi

82. Soirovning o'rniga Alijon Ayni maydonga tushdi

81. O'zgarish: Moxammad Xashish va Ibragim Sami maydonga tushdi, ular Mahmud Al Mardi va Nur Alni alishtirdi

80. Ogohlantirish: Shukurov hakam tomonidan ogohlantirildi

77. O'zgarish: Jalilovning o'rniga Nuriddin Xamrokulov tushdi

74. ZARBAAA. Shukurovning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi

69. Ogohlantirish: Salim Al Ajalin hakam tomonidan ogohlantirildi. Agar iordaniyaliklar keyingi bosqichga yo'l olsa, u yarim finalni o'tkazib yuboradi

68. Tojiklar tezda hisobni tenglashtirishi mumkin edi.

66. GOOOL. Abdallah Nasib hisobni ochdi, biroq to'p Xanonovga tegib kirmoqda

64. Uchrashuv teng kurashlar ostida o'tmoqda. Hozircha hisob 0:0

54. UXXXXXX. Shervoni Mabatshoevni to'pni raqib himoyachidan olib qo'ydi va zarba yo'lladi, ozgina aniqlik yetishmadi

52. Alisher Shukurovning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq. Tojikistonliklar uzoqdan zarbalar yo'llashda davom etmoqda

48. Parvizxon Umarbaevning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketmoqda

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45+5. Salim Al Ajalinning zarbasiga aniqlik yetishmadi

Hakam birinchi bo'limga besh daqiqa qo'shib berdi

40. Musa Al Tamarining zarbasini Yatimov qaytarmoqda

35. Yazan Al Naymatning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

33. Safarovning uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi

30. Yazan Al Naymatning zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi. Uchrashuvda hisob ochilishi mumkin edi

28. O'zgarish: Shaxrom Samiev jarohat oldi va maydoni tark etdi, uning o'rniga Rustam Soirov tushdi

24. Uchrashuv juda sokin o'tmoqda

18. Zoir Jo'raboev o'z maydonini ichida raqibni yiqitdi. VAR penaltini ko'rmoqda va VARdagilar yo'q degan javobni berishdi

15. ZARBAAAAA. Payshanbening zarbasi to'cinga tegmoqda. Afsus

14. Ali Olvan uchta himoyachidan o'tdi, oxirida Jo'raboev to'pni chiqarib yubordi.



8. Ehsone Payshanbening uzatmasida sheriklari yetib kela olmadi

3. Yazan Al Naymatning uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi

1. Uchrashuvning ilk daqiqasida Iordaniyada yaxshi imkoniyat bo'ldi, biroq qo'shnilarimizning himoyasi yaxshi harakat qildi

Uchrashuv boshlandi!



KhojaMuallif
Manba: championat.asia