Tohir Usmonov Argentinadagi "Boka Xuniors"da shug'ullanadi

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2016
"Andijon" sobiq futbolchisi, hozirda "Boka Xuniors"ning AQSHdagi akademiyasida tahsil olayotgan Tohir Usmonov, o'z jamoasining Argentinadagi bazasida shug'ullanadi.

Bu haqda 20 yoshli futbolchining o'zi ma'lum qildi.

"Shu kunlarda "Boka Xuniors"ning Argentinadagi bazasida shug'ullanish uchun shartnomaga imzo chekdim. U erda bir qancha muddat mashg'ulot o'tkazamiz. Karlos Tevesni ko'rish orzuim amalga oshadi degan umiddaman. 12 fevral kuni Lionel Messi vataniga yo'l olamiz. Hozircha shu, qolgani haqida keyinroq batafsil ma'lumot beraman. Podadan oldin chang chiqarmoqchi emasman" - deydi Tohir Usmonov.

Eslatib o'tamiz, "Andijon" sobiq futbolchisi 2015 yilning yozida "Boka Xuniors"ning AQSHdagi akademiyasi bilan shartnoma imzolagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia