"Boka Xuniors"dagi Tohir Usmonov: "Yangi jamoada o'ynashni sabrsizlik bilan kutyapman"

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2015, 10:12
Kecha "Boka Xuniors"ga o'tgan Tohir Usmonov haqida ma'lumot bergan edik.
Ushbu futbolchi saytimiz uchun ekslyuziv intervyu berdi.

"Assalomu alaykum, men Tohir Usmonov O'zbekiston poytaxti Toshkentda tug'ilganman. 9 yoshligimda oilamiz bilan AQSHga ko'chib ketganmiz. 


14 yoshimda futbol o'ynay boshladim. Mening birinchi jamoam Nyu-Jersi shtatidagi "Olive" klubi. U yerda 4 yil to'p tepdim. Keyinchalik O'zbekistonda  "Paxtakor" yoshlari safida o'ynadim. Bir qancha vaqt o'tgach "Andijon" klubi bilan 1 yillik shartnoma imzoladim. Andijon viloyati jamoasi bilan kelishuvim yakuniga etgach AQSHga qaytdim. Jahonning eng mashhur klublaridan biri "Boka Xuniors" Amerikada ham jamoa ochish niyatida ekan. Men ushbu klub yig'inida ishtirok etdim. Shunday qilib "Boka Xuniors" endi Argentina va AQSHda bo'ladi va men bu klubning Amerikadagi U23 jamoasida to'p tepaman. "Boka Xuniors" safida o'ynashni sabrsizlik bilan kutyapman va ushbu muvaffaqiyatlarga erishganim uchun yaratgandan minnatdorman. Oilam va do'stlarimga qo'llab-quvvatlaganlari uchun rahmat aytaman" - deydi Tohir Usmonov.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia