Tohir Shamsitdinov "Navbahor" yig'inida

Narzulla Saydullayev
15 fev 2014, 16:11
"Navbahor" tarkibidagi o'zgarishlar davom etmoqda.
Xususan, bugun “Navbahor” yig'iniga o'tgan mavsumni “Guliston”da o'tkazgan himoyachi Tohir Shamsitdinov qo'shildi. Asli Namangan futboli tarbiyalanuvchisi sanalgan himoyachi huquqiy jihatdan “Paxtakor”ga tegishli.

Mavsumlar oralig'idagi vaqt davomida ham Shamsitdinov aynan “sherlar” safida shug'ullanayotgandi. 1993 yilning 9 fevralida tug'ilgan futbolchi 2013 yili Turkiyada o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ham O'zbekiston sharafini himoya qilgandi. Yodingizda bo'lsa, yoshlarimiz kichik mundialning chorak finalida Fransiyaga imkoniyatni boy berib ortga qaytishgandi. Himoyachi “Guliston” tarkibida oliy ligada 15 ta o'yinda ishtirok etganligini qo'shimcha qilish joiz.

Jamoa mashg'ulotlarida ma'lum vaqt davomida qatnashgan “Bunyodkor” himoyachisi Kamoliddin Tojiboevga ham javob berilganligini qo'shimcha qilish joiz. Shuningdek, jamoa a'zolari - Xurshid Xo'jaev, Azim Ahmedovlar esa ayni paytda uylarida davolanishmoqda. Ushbu jarayon yakunlangach, ular yana mashg'ulotlarda qatnashishni boshlashadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz