Tohir Kapadze: “Neftchi” bilan o'ynash biz uchun faxr”

Tolibjon Qosimov
21 fev 2014, 17:26
O'zbekiston Birinchiligi va kubogiga tashlangan qur'adan so'ng “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi Tohir Kapadzeni suhbatga chorladik.
-  Bugungi qur'adan ko'nglingiz to'ldimi?

-  Qur'a natijalaridan mamnunman. Chempionatni o'z uyimizda boshlash yoqimli. Tayyorgarlik jarayoni avjida.

-  O'zbekiston kubogi haqida nima deya olasiz?

-  Birinchi bosqichda “Uz Dong- Ju” bilan kurash olib boramiz. Andijonliklarni mag'lub etsak, keyingi bosqichda uyda “Neftchi” bilan o'ynaymiz. Biz hamisha “Neftchi”ga qarshi maydonga tushishdan faxrlanamiz. O'ylaymanki, qo'qonlik futbol ishqibozlari uchun bu katta bayram bo'ladi.

-  “Qo'qon-1912” jamoasi oldiga qanday vazifa qo'yildi?

-  Jamoa oldidagi asosiy maqsad - oliy ligaga yo'llanma olish. Tashkiliy ishlarni rahbarlar hal qilmoqda, bu borada muammo yo'q. Tarkib borasida esa mahalliy futbolchilarga tayanib mashg'ulotlarni davom ettiryapmiz. Mahalliy yigitlarda ham salohiyat yuqori.

-  Demak, oliy liga yo'lida qo'qonlik futbolchilar hizmatidan foydalanasizlar?

-  Asosiy etibor o'zimizning yoshlarga qaratiladi, lekin boshqa o'yinchilarni ham sotib olamiz, albatta. Birinchi bosqichda mahalliy o'yinchilarga imkon bermoqchimiz, ikkinchi bosqichda esa tashqaridan futbolchilarni jalb qilib tarkibni kuchaytiramiz. Bundan tashqari, chetdan o'yinchi olib kelish uchun anchagina mablag' kerak. Biz o'sha pulni o'quv-yig'in mashg'ulotlariga sarflamoqchimiz.

Tolibjon Qosimov suhbatlashdi


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia