Tite: "Neymar kuchli uchlikka kiradi"

9 iyun 2019, 21:20
Braziliya termasi bosh murabbiyi Tite PSJ hujumchisi Neymar haqida fikr bildirdi.

"Birinchi navbatda, men Neymar va uning sog'ligi borasida qayg'uraman. Ikkinchidan, jamoamda uning darajasidek futbolchi yo'qligidan achinaman. Neymar jahonning eng yaxshi futbolchilari uchligiga kiradi.

Messi va Ronaldudan tashqari, Eden Azarni ham ushbu ro'yxatga kirita olaman, lekin Neymarda ustunlik bor. O'ylashimcha, ular bir xil o'ylashadi. Ammo, u xammasini tezkor bajaradi", - deydi Tite.

Rasman: Neymar Kopa Amerikani o'tkazib yuboradi

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com