

- Kelganingizga 2 kun bo'ldi, lekin 100 kunlik piar bo'lmoqda. OAV e'tiboriga tushmoqdasiz. Ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv kuzatilmoqda, turli feyklar tarqalmoqda. Jarayonni tezlashtirishmoqchi, lekin hech narsa rasmiy tusga kirmagan. Aslida siz xotirjam dam olishga kelgansiz. Dam olishga ulguryapsizmi yoki bosim ostidamisiz?
- Indoneziyaga kelmaganimga ancha bo'lgandi. Bu erga mehmonlikka chaqirishdi. Bu yerdagi muhitni ko'ray, odamlar bilan gaplashay degan umidda, dam olishga keldim. Masjidga borganimiz, maktabga borganimiz insonlarni yanada yaqinroq bilishga xizmat qildi. Bu narsa menga juda yoqadi. Ayniqsa, masjidda bo'lganim, Juma kuniga to'g'ri kelgani hayotim davomida esimda qoladi. Ertaga bu yerda murabbiy bo'lamanmi yoki yo'q, asosiysi, Indoneziya xalqi madaniyatini o'rganyapman. 3-4 kun shu yerdaman va shu vaqt ichida jarayondan pozitivlik olmoqchiman.
Avvalroq O'zbekiston terma jamoasi sobiq ustozi Indoneziyada ekani haqida xabar bergan edik.


