Timur Kapadze: "Dinamo"ga qarshi uchrashuvda chempionlikni qo'lga kiritishga harakat qilamiz"

17 noya 2017, 18:39
O'zbekiston chempionati oliy liga bahslari bahslari yakunlanishiga 2ta tur qoldi. Navbatdagi turda Toshkentning "Lokomotiv" klubi safarda Samarqandning "Dinamo" jamoasi mehmoni bo'ladi.

Ushbu uchrashuv oldidan "temiryo'lchilar" sardori Timur Kapadze o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


"Dinamo"ga qarshi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'ryapmiz. "Dinamo" bu yilgi chempionatning birinchi davrasida o'zini chiroyli natijalari va o'yinlari bilan ko'pchilikni xayron qoldirgandi. Murabbiylar shtabidan tortib futbolchilarigacha o'zlarini yaxshi ko'rsatishgandi. Bunda muxlislarni ham esdan chiqarmaslik kerak. Ular "Dinamo" jamoasiga haqiqiy 12-o'yinchi bo'lishdi. Ikkinchi davrada samarqandliklarning ishlari uncha yurishmadi. Lekin "Dinamo"ga qarshi uchrashuv biz uchun oson bo'lmaydi, deb o'ylayman. Shuning uchun ham uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Ushbu bahsda oldimizga qo'yilgan chempionlik vazifasini bajaramiz", deydi "Lokomotiv" klubi sardori Timur Kapadze.

Ushbu bahsda oldimizga qo'yilgan chempionlik vazifasini bajaramiz



Jahongir Sotvoldiev yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia