

"Chelsi" bosh murabbiyi 26 yoshli o'yinchini jamoaning muhim futbolchisi sifatida ko'rmayapti.
Verner "Chelsi"ga 2020 yilning 1 iyulida "Leyptsig"dan "Chelsi"ga o'tgandi.
Futbolchi o'tgan mavsum "aristokratlar" tarkibida 37ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 6ta assist qayd etdi. Nemisning klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.



