Tim Kexill faoliyatini Hindistonda davom ettiradi

Aslanov Jasurbek
1 sen 2018
Avstraliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar Tim Kexill Hindistonning "Jamedpur" klubi futbolchisiga aylandi.

"Hindiston Superligasining bir qismiga aylanganimdan xursandman. Hindistonda futbol rivojiga hissa qo'shib, bolalarni bu sport turi bilan shug'ullanishga chaqirmoqchiman. Yangi jamoamdagi debyutni sabrsizlik bilan kutyapman" - deydi Kexill.

38 yoshli avstraliyalik "Jamshedpur" safida mashg'ulotlarni boshlab yubordi.

Kexill JCH-2018dan so'ng milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunladi. U Avstraliya terma jamoasi safida 107ta uchrashuv o'tkazib, 50ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com