Tibbiy tekshiruvdan so'ng Messida jarohat aniqlanmadi

Aslanov Jasurbek
18 yanv 2016, 18:14
Bugungi mashg'ulotni o'tkazib yuborgan "Barselona" hujumchisi Lionel Messi tibbiy ko'rikdan o'tdi.

Messi "Atletik"ka qarshi Ispaniya chempionatining 20-tur bahsida oyog'ida og'riq his etib o'yinni muddatidan oldin yakunlagan edi.

Shifokorlarning xavfsirashi asosli bo'lib chiqmadi, chunki futbolchida hech qanday jarohat aniqlangani yo'q. Lionel 20 yanvar kuni "Atletik"ka qarshi Ispaniya Kubogi uchrashuvida o'ynashi noma'lum.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com