Tiago Silva PSJ bilan shartnomani uzaytirishga tayyor
Aslanov Jasurbek
24 okt 2016, 20:50
PSJ futbolchisi Tiago Silva klub bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.
"PSJ rahbariyati bilan yozda gaplashgandim. U paytda yangi shartnoma borasida gaplashishning vaqti emasdi. Menga bu yerda o'ynash yoqadi va jamoa bilan yangi shartnoma tuzishga tayyorman", - deydi himoyachi.