Tiago Silva ham Messini "siyladi"

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2019, 19:31
Braziliya terma jamoasi himoyachisi Tiago Silva Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi so'zlariga izoh berdi.

Yarim finalda braziliyaliklardan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng 32 yoshli forvard medal taqish marosimida ishtirok etmadi. Messi "korrupsiya va hakamlar Argentinaning finalga chiqishiga yo'l qo'ymadi" dedi.

"Bu yerda bir nima deyish qiyin. Bazida mag'lubiyatlardan so'ng boshqalarni ayblashga urinamiz.

Hakam yomon ishlagan bo'lsada, 1:6 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng ("Barselona"ga qarshi CHL 1/8 final javob uchrashuvi), biz hech narsa demadik.

Tarixni hurmat qilish kerak. Braziliya terma jamoasida beshta yulduzcha bor va ularning hech biri o'g'irlanmagan" - deydi Silva.

Oldinroq, Markinos Messining so'zlariga javob bergan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: rmcsport.bfmtv.com