Tiago Silva: "Faqatgina bir jamoa futbol o'ynashni istadi"

Mirjalol Normatov
11 iyul 2021, 18:18
Braziliya termasi futbolchisi Tiago Silva Amerika Kubogi finalida Argentinadan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

"Birinchi taym bilan Argentinani tabriklayman. Bu Braziliya emasdi. Bunday darajada mag'lub  bo'lish juda qiyin.

Ikkinchi bo'limda esa futbol bo'lmadi. Faqatgina bir jamoa futbol o'ynashni istadi. Bu bahona emas", - dedi braziliyalik futbolchi.

Eslatib o'tamiz, Argentina 1993 yildan buyon ilk marta sovrin qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal