

Ispan klubi braziliyalik forvard uchun 345 million evro to'lamoqchiligini The Sun nashri tasdiqlamoqda. Qolaversa, Neymar "Real" jamoasiga o'tadigan bo'lsa, yillik maoshi 44 mln. evroni tashkil etadi. Bu esa uni dunyoda eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylantiradi.
Neymarning o'zi PSJdan ketishni hozircha reja qilmayotganini qayta-qayta aytib o'tdi. Shunga qaramasdan, OAV braziliyalik yulduz boshqa klublar bilan aloqada bo'lib turgani haqida ma'lumot berishmoqda.



