
So'nggi yilda Vidich 2 marta tizzasidan juda og'ir jarohat oldi, biroq jamoaning yangi bosh murabbiyi Devid Moyes, futbolchini klubning kelajakdagi rejalariga kiritgan.
Klubning yosh bilan bog'liq siyosatidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, Vidich o'zininig amaldagi shartnomasidan tashqari, klubda yana 12 oygina faoliyat yuritishi mumkin. Futbolchining amaldagi shartnomasi esa kelasi yilning yoz mavsumida tugaydi. Manbaning xabariga ko'ra, Vidich bilan shartnoma tuzish yoz mavsumning oxirlarida amalga oshishi mumkin.