TFF Tojikiston oliy ligasining barcha jamoalariga ekipirovkalar sovg'a qildi

Aslanov Jasurbek
14 apr 2022
Tojikiston futbol federatsiyasi oliy liga klublarini qo'llab-quvvatlash doirasida klublarga sovg'alar taqdim etdi.

Sovg'a tariqasida oliy liga va yoshlar jamoalariga sport ekipirovkalari taqdim etildi.

Formalar klublarning ananaviy ranglaridan kelib chiqilgan holda tanlagan. Komplektda asosiy va yoshlar jamoasi uchun fikki xil rangdagi forma hamda sport kostyum, polo, short, mashg'ulot formasi, kurtka, krossovka, sport sumkalari va hokazolar bor.

Ushbu formalar Ispaniyaning "Joma" kompaniyasi mahsuloti hisoblanadi. Bundan tashqari Tojikiston oliy ligasining barcha klublariga "Molten" to'plari topshirildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Тожикистон футбол федерацияси