Tezkor xabar: Obameyyang va "Arsenal" kelishib olishdi

Aslanov Jasurbek
19 yanv 2018
Hujumchi Teo Uolkottni "Everton"ga pullagan "Arsenal" uning o'rniga forvard topdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Dortmundning "Borussiya" klubi futbolchisi Per-Emerik Obameyyang "to'pchilar" bilan shartnoma borasida kelishib olgan. Gabonlik hamda London klubi o'rtasida tuziladigan bitim 3,5 yillik bo'ladi. Hujumchining yillik maoshi esa 10 mln. evro bo'lishi kutilmoqda.

Oldinroq, "Borussiya" Obameyyangni sotishga tayyorligi e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gianluca Di Marzio