"Borussiya" Obameyyangni sotishga tayyor. Qanchaga?

Aslanov Jasurbek
16 yanv 2018
Dortmundning "Borussiya" hujumchisi Per-Emerik Obameyyang klubdan kyetishga yaqin.

Futbolchi intizom qoidalarini buzgani uchun mashg'ulotlardan chetlatilgan edi va "Volfsburg"ga qarshi bahsda ishtirok etmadi. Obameyyang shanbadagi yig'ilishda ishtirok etmagani uchun 100 ming evro jarimaga tortildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Borussiya" rahbariyati "Arsenal" qiziqish bildirayotgan gabonlik hujumchini sotishga tayyor. Oldinroq, londonliklar 28 yoshli futbolchi uchun 60 mln. evro taklif qilgani e'lon qilindi. "Borussiya" Obameyyangni 70 mln. evroga sotmoqchi.

Dortmund "Arsenal" hujumchisi Olive Jiruni gabonlikka almashtirishi ham mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild