Teves: Messi Argentinadan charchagan

Aziz Tukhtamuradov
2 iyul 2016, 21:18
Argentinalik futbolchi Karlos Teves Messining terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganiga oid xabarga o'z munosabatini bildirib o'tdi.


"Argentina futbol federatsiyasi juda yomon ahvolda. Leo futbolchilarning qanday yonib-kuyayotganliklarini ko'rib turibdi. Lekin, bu nima uchundir federatsiya diqqatidan chetda qoldi.

O'zingizni uning o'rniga qo'yib ko'ring. U charchagan va bu normal holat. Men ham bir necha marotaba terma jamoadan charchaganman.

Unga vaqt berish kerak. Messi albatta terma jamoa uchun muhim futbolchi. Agar Argentina FF tashkiliy ishlarda faol bo'lsagina uni terma jamoaga qaytara olishimiz mumkin. Uning qaytishini kutamiz", - deydi Teves.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: goal.com