Teves faoliyatini yakunlamasligi mumkin

23 iyun 2020, 23:54
Argentinaning "Boka Xuniors" klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Karlos Tevesga shartnomani yana bir yilga uzaytirishni taklif qilyapti, deb xabar qildi TyC Sports.

36 yoshli forvard tez orada kelajagi borasida yakuniy qarorni qabul qilishi kutilmoqda. Uning amaldagi shartnomasi kelasi hafta yakuniga etadi.

Shuningdek, "Boka Xuniors" "Manchester Yunayted" himoyachisi Markos Roxoga ham qiziqish bildiryapti.

O'xshash yangiliklar


Manba: TyC Sports