Terzich: "Biz barcha jabhada "Bavariya"ga mag'lub bo'ldik"

Mirjalol Normatov
5 noya 2023, 14:50
"Borussiya" D bosh murabbiyi Edin Terzich Bundesligada "Bavariya"ga 0:4 hisobida mag'lub bo'lgani haqida gapirdi.

"O'zimizdan qattiq xafamiz. Juda ko'p narsalarni istagandik, biroq hech nima qila olmadik.

Birinchi standartdan keyin hisobda ortda qolishni boshladik. Shundan keyin "Bavariya" pozicion kuchli o'ynadi va bizni kichik xatolar orqali ham jazolay boshladi.

Raqibga har jabhada mag'lub bo'ldik. Himoyada ham, hujumda ham yaxshi o'ynay olmadik. Bunday ish biz bilan bo'lmasligi kerak edi. "Bavariya" rostdan ham zo'r o'ynadi", - dedi Edin Terzich.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fcbayern.com