Terri Anri: Pol Pogba tayanch yarim himoyachisi emas

13 fev 2018, 07:40
Sobiq o'yinchi Terri Anri vatandoshi bo'lmish MYU a'zosi Pol Pogbaning o'ziga kerakli joyda o'ynamayotganligini ta'kidladi.

“Polni tayanch yarim himoyachisi deb o'ylamayman. U bu ishni bajarishi mumkin, ammo Pogba ko'proq raqib darvozasi oldida foydaliroq. U to'p qaerga uchsa, o'zini o'sha yerda his qiladigan Ngolo Kantega o'xshamaydi”, - deydi Anri.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Joze Mourinyoning Pogba bilan munosabatlari yomonlashgani haqida xabarlar tarqalgan edi.


O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports