Terri Anri: "Mbappeni nima uchun tanqid qilishayotganini tushunmayman"

Mirjalol Normatov
14 noya 2021, 16:31
Fransiya termasining sobiq futbolchisi Terri Anri PSJ forvardi Kilian Mbappe haqida gapirdi.

"Ha, Kilian ham xuddi men kabi Klerfonten akademiyasi orqali "Monako"ga yo'l olgan. Ammo o'zimni u bilan solishtirmayman. Lekin uni juda ham qadrlayman.

Mbappe - doimo oldinda o'ynashni istaydigan forvard. Fransiya termasida uni tanqid qilishlariga hech tushunmayman. Mavsum boshida bo'lgan ishlar meni biroz xavotirga soldi ("Real"ga o'tishi mumkinligi borasidagi xabar ortidan ketma-ket tanqidlar). Biroq u professionalizmni namoyish qildi", - dedi Anri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal