

Fransiya Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Terri Anrining fikricha Kilian Mbappe allaqachon uning darajasidan o'tib ketgan.
"Kilian mening darajamdan allaqachon o'tib ketgan.
Mbappe – bu Fransiya, bizning futbolimiz. Bu yigit bizga juda kerak. Kilian Fransiya futbolini hamma joyda himoya qilishi kerak. U o'ta iqtidorli futbolchi", -deydi Terri Anri.
Ma'lumot uchun, Mbappe ushbu mavsum 38 ta gol urdi va 8 ta assist qayd etdi.



