Terma jamoamiz bugun Vetnamda birinchi mashg'ulotlarini o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
13 noya 2013, 09:23
Ayni vaqtda Janubiy Koreyadagi Xalqaro aeroportda bo'lib turgan MTJmiz bugun Vetnamda o'zining birinchi mashg'ulotlarini o'tkazadi.
Bu haqda Vetnam Futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar berib o'tmoqda.

Bugun har ikki jamoaning mashg'ulotlari belgilangan bo'lib shundan birinchi bo'lib maydon egalari mahalliy vaqt bilan 18:00 dan 19:30 gacha "My Dinh National Stadium" stadionida olib borsa, undan so'ng ushbu stadionning ikkinchi maydonida Milliy terma jamoamiz 19:00 dan 20:30 gacha mashg'ulotlarni olib boradi. Bugun boshqa tashkiliy masalalar bo'yicha ham yig'ilish bo'lib o'tadi. Ertaga esa o'yin oldidan matbuot anjumani tashkil etiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia