Terma jamoamizning yana bir a'zosiga Gretsiya va La Liga 2 jamoasidan qiziqish bor

Khoja
15 iyul 2025, 08:53
"Paxtakor" va O'zbekiston MTJ a'zosi Abdurauf Bo'riev ham legionerga aylanishi mumkin.

22 yoshli yarim himoyachiga Gretsiyaning AEK va La Liga 2 vakili "Andorra" klubidan qizish bo'lmoqda. Bu haqida Tomas Bullok xabar bermoqda. 

Ma'lumot uchun, AEK o'tgan mavsum Gretsiya chempionatida 4-o'rinni qo'lga kiritgan. 

"Andorra" klubi esa joriy mavsum La Liga 2 chempionatida debyut qiladi. Ushbu jamoaga Jerar Pike egallik qiladi.

Bo'riev joriy mavsum "Paxtakor" safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning "sherlar" bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning oxirida yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia