

Bu yil terma jamoalar o'rtasidagi o'yinlar o'tkazilmaydi. Bu haqda FIFA vice-prezidenti va KONKAKAF prezidenti Viktor Montalyani ma'lum qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, FIFA va UEFA uchun milliy chempionatlar asosiy vazifa bo'ladi. Terma jamoalar o'rtasidagi o'yinlar bir mamlakatdan ikkinchisiga parvozlarni taqozo qiladi, bu esa qo'shimcha xavfni yuzaga keltiradi.
Montalyani shuningdek terma jamoalarning dastlabki o'yinlari tomoshabinlar bilan o'tishi ham dargumonligini ta'kidladi.
Bundan tashqari UEFA yozning so'nggiga qadar evrokuboklarni o'tkazishni xohlayotgani ma'lum bo'ldi.



